Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika hodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Andijon filiali

andmalaka.uz

Bo'limga o'ting

Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika hodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Andijon filiali

andmalaka.uz

Bo'limga o'ting
Featured

Allergologiya markazi: atopik dermatit molekulyar-genetik usulda aniqlanadi

Allergologiya markazi: atopik dermatit molekulyar-genetik usulda aniqlanadi

Bahor boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Yon-atrof yashillikka burkanmoqda. Demak, mavsumiy allergik xastaliklar avj oladigan davr yaqin. Shulardan biri chaqaloqlar va bolalarda ko'p uchraydigan atopik dermatitdir.

Bu kasallikning kelib chiqish omillari, alomatlari va tashxislash usullari haqida Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy laboratoriya mudiri Gulmira Razikova ma'lumot berdi. 

 — Agar ota yoki ona atopik dermatitdan aziyat cheksa, uning bolada rivojlanish ehtimoli 30-40 foizni tashkil etadi, — deydi mutaxassis. — Ota-onaning har ikkisida ham bo'lsa, xavf ko'rsatkichi 70-75 foizga oshadi.

Chaqaloqlarda bu patologiya odatda 2-3 oyligidan paydo bo'lib, 3-4 yil ichida yo'qolib ketadi. Ba'zi hollarda esa toshmalar umr bo'yi saqlanib qolishi ham mumkin. 

Atopik dermatit teri kasalligi emas. U bola ichki organizmi faoliyatidagi buzilishlar tufayli kelib chiqadi. Buning asosiy sababi oziq-ovqat allergiyasi bilan bog'liq. Qolaversa, nafas yo'llari orqali organizmga kirgan allergenlar ham toshmalarni paydo qiladi. 

Kasallikning asosiy belgisi — qichishish.  Bu holat bemorning uyqusi va kayfiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatib, asabiylik hamda jizzakilikni keltirib chiqaradi. 

Toshmalar xastalik darajasiga qarab turli ko'rinishda bo'lishi mumkin. O'tkir bosqichda ular yorqin qizil rangga kirib, yallig'lanish joyiga qon to'planishi tufayli mayda shishlar hosil bo'ladi. 

Engil va o'rta bosqichlarida esa toshmalar och qizg'ish tusda namoyon bo'ladi. Ular quruq bo'lishi hisobiga tez to'kilib tushadi. Toshmalar chaqaloqlarda asosan bosh, bo'yin va ko'krak sohalarida, bolalar va o'smirlarda esa tirsak va tizza orqasida hamda boshqa tana a'zolarida ko'p uchraydi. 

Atopik dermatitni samarali davolash uchun, avvalo, to'g'ri tashxis zarur. Ammo tibbiy amaliyotda ba'zan buning aksi kuzatiladi. Shunday vaziyatda o'zboshimchalik bilan qo'llaniladigan noto'g'ri muolajalar og'ir asoratlarni keltirib chiqarishi ma'lum.

Hozir Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida atopik dermatitga ixla usuli bilan qon zardobidagi IgE miqdorini aniqlash orqali tashxis qo'yilmoqda. 

Endi bunday ilg'or diagnostika turlari yanada ko'payadi. Muassasada davlat granti asosida yangi loyiha ijrosiga kirishilgan. Bu orqali respirator allergozlarni erta tashxislash va klinik kechishini oldindan aniqlash uchun molekulyar genetik markerlar panelini ishlab chiqish ko'zda tutilmoqda. 

Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Build & Design
Andijon hamshiralar malakasini oshirishi
Bizning maqsadimiz o`rta tibbiy hodimlarga sifatli dars berish

Onlayin o`quv kurslari
Zamonaviy med-texnalogiyalari
Takomillashtirilgan darslar
Tibbiy yordam sifatini yaxshilash

Vaksinatsiya tadbirlari
Tibbiy prafilaktika-patranaj tizimi
Elektron darsliklardan foydalanish
Yangicha ish muhitini yaratish

Build & Design
Andijon hamshiralar malakasini oshirishi
Bizning maqsadimiz o`rta tibbiy hodimlarga sifatli dars berish

Onlayin o`quv kurslari
Zamonaviy med-texnalogiyalari
Takomillashtirilgan darslar
Tibbiy yordam sifatini yaxshilash

Vaksinatsiya tadbirlari
Tibbiy prafilaktika-patranaj tizimi
Elektron darsliklardan foydalanish
Yangicha ish muhitini yaratish