Qishda nega yuqumli kasalliklar avj oladi?
Mutaxassislar qishda mavsumiy kasalliklar avj olishini immunitet zaiflashuvi bilan izohlaydi. Xo‘sh, sovuq haroratda organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyati nega pasayadi?
Botir Tojiev,
Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori:
— Viruslar sovuq va quruq havoda faollashadi. To‘g‘ri, qish fasli atmosferada namlik nisbatan yuqori bo‘ladi. Biroq xonalar isitilishi sababli havo quruqlashadi. Bu esa infeksiyalarning avj olishi uchun qulay muhit.