SSV: O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Janubiy Koreyaning yetakchi klinikasida stajirovka o‘taydi
SSV: O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Janubiy Koreyaning yetakchi klinikasida stajirovka o‘taydi
O‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislari Seul milliy universitetining Bundang shifoxonasiga (SNUBH) stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Ushbu dastur doirasida mutaxassislar tibbiyotning turli yo‘nalishlarida ilg‘or tajribalarni o‘rganadi.
Xususan:
Ma’muriy-boshqaruv: moliya, axborot texnologiyalari, operatsion boshqaruv, inson resurslari, tibbiy masalalar, hamshiralik va farmatsevtika xizmatlari, shuningdek, tibbiy xizmat sifati va bemorlar xavfsizligi;
Tibbiy yo‘nalishlar: kardiologiya, kardiotorakal jarrohlik, nevrologiya, neyrojarrohlik, ortopediya, gepatobiliar va pankreatik jarrohlik, nefrologiya, oftalmologiya, gastroenterologiya, otorinolaringologiya, shoshilinch yordam, diagnostika, radiologiya va laboratoriya tibbiyoti;
Hamshiralik yo‘nalishlari: palata, reanimatsiya, operatsiya, ambulatoriya, shoshilinch yordam va gemodializ hamshiralari;
Boshqa yo‘nalishlar: farmatsevtika, fizioterapiya, ergoterapiya, logopediya hamda MRT, KT, rentgen va DRG bo‘yicha texnik mutaxassislar.
Stajirovka muddati: mutaxassislar uchun 4–6 oy, hamshiralar uchun 20 kun. Stajirovka bilan bog‘liq xarajatlar Koreya Respublikasi tomonidan qoplanadi.
Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
belgilangan jadvalni to‘ldirish;
ma’lumotnoma (ob’yektivka);
mutaxassislikni tasdiqlovchi hujjatlar;
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa).
Nomzodlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Hujjatlarni yuborish:
SSV Matbuot xizmati.
Poytaxtimizda “O‘zbekistonda diabet kasalligini davolash sifatini yaxshilash va asoratlarning oldini olish” loyihasi
Poytaxtimizda “O‘zbekistonda diabet kasalligini davolash sifatini yaxshilash va asoratlarning oldini olish” loyihasi
Poytaxtimizda “O‘zbekistonda diabet kasalligini davolash sifatini yaxshilash va asoratlarning oldini olish” loyihasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda loyihaning hududlardagi faoliyati va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Xususan, oilaviy shifokor va hamshiralarni diabetni erta aniqlash, bemorlarni izchil kuzatish hamda asoratlarning oldini olish bo‘yicha o‘qitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda batafsil so‘z boradi.
SSV Matbuot xizmati.
Poytaxtimizda “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologik kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Poytaxtimizda “IOC – 2026” VI Xalqaro oftalmologik kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilgan anjumanda yurtimiz mutaxassislari bilan birga, AQSH, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston kabi 20 ga yaqin davlatdan jami 1000 nafardan ziyod soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda oftalmologiyadagi so‘nggi yutuqlar, yangi davolash va diagnostika usullari, raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Kongress doirasida maxsus ko‘rgazma ham tashkil etilgan.
SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
SSV Matbuot xizmati.
SSV: Reimbursatsiya dasturi doirasida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
SSV: Reimbursatsiya dasturi doirasida hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilmoqda
Mamlakatimizda Reimbursatsiya dasturi doirasida 12 turdagi kasalliklar bo‘yicha 28 xil dori vositalari bepul berilayotganidan xabaringiz bor.
Ushbu tizimning hududlardagi samaradorligi, aholiga dori vositalarining o‘z vaqtida, belgilangan tartibda yetkazib berilishini aniqlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boshqarmasi tomonidan Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Bu jarayonda tibbiyot muassasalari va dorixonalarda elektron retseptlarni shakllantirish, bemorlarga dori vositalarini tayinlash va berish, elektron sog‘liqni saqlash tizimiga ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish holati tahlil qilindi.
Xususan, Navoiy viloyatidagi o‘rganishlarga ko‘ra, hududda 149 ming 940 nafar bemorga 12,9 mlrd. so‘mlik dori vositalari bepul berilgan.
Biroq tizimdan foydalanishda qator kamchiliklar ham aniqlandi. Masalan, laboratoriya tahlillarisiz dispanser nazoratiga olish holatlari, bemor yoki uning vakiliga tegishli telefon raqamlari kiritilmagani, dorixonalar qamrovi yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar doirasida dorixona rahbarlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, Reimbursatsiya dasturining mazmun-mohiyati, amalda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalar va hokimliklar axborot resurslari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektron retseptlar bilan ishlash sifatini oshirish, dorixonalar qamrovini kengaytirish hamda Reimbursatsiya dasturi ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ul rahbarlarga nisbatan intizomiy chora qo‘llash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatma: yurtdoshlarimiz bu borada qonunbuzilish holatlari va byurokratik to‘siqlarga duch kelsa, vazirlik qoshidagi “1203” qisqa raqamli “Call-markaz”ga murojaat qilishlari mumkin.
SSV Matbuot xizmati.