12- may Hamshiralar kuni !

12- may Hamshiralar kuni !

 Ko'tarinki ruhda boshlangan tadbirimizni Respublika o'rta tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirsh markazi Andijon filiali direktori G.A Turaxodjaeva ochib berdi va hamshiralar kuni munosabati bilan barchani bayram bilan tabrikladi. Dastavval Sog'likni saqlash vaziri tomonidan yo'llangan tabrik qo'yib eshittirildi. So'ngra Florens Naytingel xayoti haqida hamshiralik ish rivojiga qo'shgan xissasi to'g'risida malumotlar berildi. Tadbir davomida shijoatli tinglovchilar tomonidan chiroyli raqslar ijro etildi. Sahna ko'rinishlari bilan barchani kayfiyati ko'tarildi.  She'r va monologlar o'qib berildi.

Tadbirda faol ishtirok etgan tinglovchilarimizga filial tomonidan esdalik sovg'alar topshirildi

Bayram muborak Jonkuyar Hamshiralar