2023 yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Featured

2023 yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

2023 yilda tibbiy ta’limda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

O‘ktam Ismailov,
Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i:

— 2023 yilda 7,5 ming nafar bitiruvchi hisobiga oilaviy shifokor vakansiyasini 90 foizga, tor mutaxassislar bo‘sh o‘rinlarini esa 70 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan.

 Shuningdek, bu yildan boshlab har yili kamida 500 nafar yosh, iqtidorli pedagog hamda kollej va texnikum direktorlari chet elda malaka oshiradi.

Qolaversa, oliy ta’lim muassasalarida oliy malakali hamshiralar tayyorlash 4 yillik xalqaro o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Talabalar 2 yil O‘zbekistonda, 2 yil xorijda ta’lim oladi.

 Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura o‘quv rejalariga “nano texnologiya”, “tibbiyot genetikasi”, “IT-texnologiya” kabi fanlar kiritiladi va xorijiy pedagoglarni jalb qilgan holda o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

 

 Talabalarning nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda kadrlar tayyorlash tizimi mutlaqo yangi tartib va yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra:

 birlamchi bo‘g‘in muassasalari uchun kollejlarda umumiy amaliyot hamshirasini tayyorlash 2 yillik dastur asosida amalga oshiriladi;

 texnikumlarda ixtisoslashtirilgan hamshiralar 3 yillik dastur asosida o‘qitiladi;

2023 yil fevral oyidan boshlab 2-Respublika tibbiyot kolleji negizida shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha Saudiya Arabistonining “Al Habib akademiyasi” tashkil etiladi.

 Turkiyaning sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Hamshiralar Akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 Eng muhimi, shu yildan har bir kollej va texnikumga xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari joriy qilinadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

 

Build & Design
Andijon hamshiralar malakasini oshirishi
Bizning maqsadimiz o`rta tibbiy hodimlarga sifatli dars berish

Onlayin o`quv kurslari
Zamonaviy med-texnalogiyalari
Takomillashtirilgan darslar
Tibbiy yordam sifatini yaxshilash

Vaksinatsiya tadbirlari
Tibbiy prafilaktika-patranaj tizimi
Elektron darsliklardan foydalanish
Yangicha ish muhitini yaratish

Build & Design
Andijon hamshiralar malakasini oshirishi
Bizning maqsadimiz o`rta tibbiy hodimlarga sifatli dars berish

Onlayin o`quv kurslari
Zamonaviy med-texnalogiyalari
Takomillashtirilgan darslar
Tibbiy yordam sifatini yaxshilash

Vaksinatsiya tadbirlari
Tibbiy prafilaktika-patranaj tizimi
Elektron darsliklardan foydalanish
Yangicha ish muhitini yaratish