Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika hodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Andijon filiali

andmalaka.uz

Bo'limga o'ting

Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika hodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Andijon filiali

andmalaka.uz

Bo'limga o'ting
Dori vositalarini raqamli markirovkalash nima uchun kerak?
Featured

Dori vositalarini raqamli markirovkalash nima uchun kerak?

Dori vositalarini raqamli markirovkalash nima uchun kerak?

Aziz Abdumalikov,
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi mutaxassisi:

— Markirovkalashning asosiy maqsadi — aholini qalbaki dori vositalaridan himoya qilish, uning tarqalishiga qarshi kurashishdan iborat.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, ushbu mexanizmning joriy etilishi dori vositalarini nafaqat ishlab chiqarish, balki ularning importidan to oxirgi iste’molchi qo‘liga yetib borishi hamda muomaladan chiqarilishigacha bo‘lgan hayotiy siklini kuzatish va nazorat qilish imkonini beradi.

 Tizim orqali, iste’molchi sotib olayotgan dori vositasining qalbaki emasligi, uni hayoti va salomatligi uchun xavfsizligiga ishonch hosil qilishi mumkin bo‘ladi.

Aytish joiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda ham dori vositalarini bosqichma-bosqich majburiy markirovkalash tizimiga o‘tilmoqda. Davlat va xususiy sheriklik asosida yaratilgan milliy tizim orqali endilikda dori vositalarini markirovkalash va monitoring qilish hamda kuzatish imkoni yaratilmoqda.

Ushbu tizim iste’molchilarga nima beradi?

Bunday raqamli belgilarni qo‘llash iste’molchilar uchun dori vositasi haqidagi barcha ma’lumotlarni olish imkonini yaratadi.

Endi siz dorixonadan biror dori vositasini xarid qilishdan avval, ishlab chiqaruvchi va uni mamlakatimizga import qilgan kompaniya nomi, ishlab chiqarilgan joy, realizatsiya qilayotgan shaxs, standart raqam kabi ma’lumotlarni dori vositasining qadog‘idagi maxsus kodni skanerlash orqali bilib olasiz. Bu ma’lumotlar esa davlat axborot tizimida saqlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

 

Build & Design
Andijon hamshiralar malakasini oshirishi
Bizning maqsadimiz o`rta tibbiy hodimlarga sifatli dars berish

Onlayin o`quv kurslari
Zamonaviy med-texnalogiyalari
Takomillashtirilgan darslar
Tibbiy yordam sifatini yaxshilash

Vaksinatsiya tadbirlari
Tibbiy prafilaktika-patranaj tizimi
Elektron darsliklardan foydalanish
Yangicha ish muhitini yaratish

Build & Design
Andijon hamshiralar malakasini oshirishi
Bizning maqsadimiz o`rta tibbiy hodimlarga sifatli dars berish

Onlayin o`quv kurslari
Zamonaviy med-texnalogiyalari
Takomillashtirilgan darslar
Tibbiy yordam sifatini yaxshilash

Vaksinatsiya tadbirlari
Tibbiy prafilaktika-patranaj tizimi
Elektron darsliklardan foydalanish
Yangicha ish muhitini yaratish