SSV: Onkologiya va radiologiya markazida 2023 yil 10 ta yangi diagnostika va davolash usullari amaliyotga tatbiq etiladi
Mirzag‘olib Tillashayxov,
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori:
— 2023 yil hududiy filiallarda markaz mutaxassislari tomonidan xavfli o‘smalarni bartaraf etish bo‘yicha jami 10 ta yangi diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan.
Hududlarda 1000 nafar bemorda tibbiy ko‘rik va 375 nafarida davolash amaliyotlari o‘tkaziladi.
Shuningdek, joriy yil hududlarda 50 nafar, markazda 70 nafar va xorijda 50 nafar mutaxassis malaka oshirishi kutilmoqda.
Yana bir yangilik shuki, Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida quriladigan markazning yangi zamonaviy binosida ilmiy va amaliy faoliyat yo‘lga qo‘yiladi.
Ilm-fan yo‘nalishida 13 ta ilmiy daraja (4 ta fan doktori, 9 ta falsafa doktori) himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.