CCV: Buxoroda “Sinepar” siropini ichish tufayli bolalar o‘limi kuzatilgani haqidagi xabarlar asossiz
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida bir kunning o‘zida “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ma’lumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga zid ekanligini ma’lum qiladi.
O‘rganishlar davomida Buxoro viloyatidagi tibbiyot muassasalarida davolangan bolalarda ushbu preparatni qabul qilish tufayli hech qanday o‘lim holati kuzatilmagan.
Shunga qaramay, vazirlik yurtdoshlarimizga har qanday dori vositasidan shifokor ko‘rsatmasisiz va o‘zboshimchalik bilan foydalanmaslik zarurligini yana bir bor eslatib o‘tadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.